Farg‘ona viloyati 2-sonli Yuqumli kasalliklar shifoxonasida kuz-qish mavsumi munosabati bilan mavsumiy gripp va o‘tkir respirator virusli infeksiyalarga qarshi emlash kunlari boshlandi.

Emlash shifokor ko‘rigidan so‘ng amalga oshiriladi. O‘zingiz bilan pasport yoki ID-kartani olib keling. Surunkali kasalligi bo‘lgan bemorlar avval bo‘lim shifokori bilan maslahatlashishi tavsiya etiladi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun qabul bo‘limiga qo‘ng‘iroq qiling: +998 99 532 56 59.