Shifoxona haqida

Shifoxonaning tarixi, ma’muriyati va jamoasi bilan tanishing.

O‘rin-joy
50
Shifokor
9
Bo‘lim
6
Bino
3
Shifoxona haqida
Shifoxona haqida

Yuqumli kasalliklarni aniqlash va davolash

Farg‘ona viloyati 2-sonli Yuqumli kasalliklar shifoxonasi Farg‘ona viloyati hokimining 2020-yil 29-apreldagi 114-son qarori bilan tashkil etilgan.

Shifoxona uchta binoda (A, B va C) joylashgan. Unda gepatologiya, diareya, reanimatsiya, qabul, laboratoriya va havo-tomchi infeksiyalari bo‘limlari faoliyat yuritadi. Gepatologiya bo‘limida yuqumli virusli gepatitlar, diareya bo‘limida yuqumli ichak kasalliklari davolanadi, reanimatsiya bo‘limida esa ushbu kasalliklarning og‘ir holatlari bo‘yicha yordam ko‘rsatiladi. Statsionarda jami 46 o‘rin mavjud.

Qabul bo‘limi bemorlarni 24 soat qabul qiladi. Laboratoriya bo‘limida umumiy qon va siydik tahlillari, bioximik tahlillar, gepatit B va C ga IFA testlari, bezgakka tekshiruv va bakteriologik tahlillar bepul bajariladi.

Shifoxonada 9 nafar shifokor faoliyat yuritadi.