Farg‘ona viloyati 2-sonli Yuqumli kasalliklar shifoxonasi Farg‘ona viloyati hokimining 2020-yil 29-apreldagi 114-son qarori bilan tashkil etilgan.
Shu kundan buyon shifoxona viloyat aholisiga yuqumli kasalliklar bo‘yicha statsionar tibbiy yordam ko‘rsatib kelmoqda. Hozirda shifoxonada gepatologiya, diareya, reanimatsiya, qabul, laboratoriya va havo-tomchi infeksiyalari bo‘limlari faoliyat yuritadi.